Navbahorning 19 yoshli millioneri

12:02 06 Iyun 2024 Jamiyat
214 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navbahorlik Sarvar Andaqulov 5-sinfda oʻqib yurgan kezlarida ikki hovli naridagi xonadondagi asalarichilikka qiziqib qoldi. Vaqt topdi, deguncha oʻsha hovliga oʻtib, asalarichilikning tashvishlarini uz-u kun kuzatar, arilar chaqib, koʻzlari yumilib qolganiga parvo qilmasdi.

— Nihoyat bobom ikki qutigina asalari olib berdi. – deydi S. Andaqulov. — Oʻshanda yettinchi sinfga oʻtgan edim. Shundan buyon har yili koʻpaytirib boraman.

Bugun Sarvar Andaqulov 19 yoshga kirgan. Qaramogʻidagi asalarilar esa 100 qutiga yetibdi. Oʻtgan yili har qutisidan 20 kilogrammdan, jami 2 tonna bol yigʻib, 160 million soʻm(har bir kilosi 80 ming soʻmdan) daromad qildi. Topganining 20 million soʻmini asalarilariga xarajat qilganini inobatga olsak, u sinfdoshlari orasida birinchi millioner. Albatta, ayni kunlarda bu pulga nari borsa minilgan avtomashina xarid qilish mumkin. Lekin bir kishining oʻspirinlik chogʻidayoq tadbirkorlik hadisini olib, hayotda oʻz oʻrnini topganligini inobatga olsak, uning ijtimoiy ahamiyati anchagina ekanligi bilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер