Navbahor Hamidova “Strandja” turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan “Strandja” turnirining ayollar oʻrtasidagi final janglari oʻz yakuniga yetdi.
Unda 65 kg vaznda fargʻonalik Navbahor Hamidova finalda ringga koʻtarilib, qozogʻistonlik Laura Yesenkeldi bilan chempionlik masalasini hal qildi.
Ushbu final jangida yurtdoshimizning qoʻli baland kelib, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring