NATO qoʻshinlarining Ukrainaga kirishi uchinchi jahon urushi xavfini yuzaga keltiradi

23:17 11 Mart 2023 Dunyo
1217 0

Foto: Reuters

NATO qoʻshinlari Ukrainaga kirganida uchinchi jahon urushi xavfi yuzaga keladi.

Amerikalik demokrat siyosatchi, Kentukki gubernatori lavozimiga nomzod Jeffri Yang NATO qoʻshinlarining Ukrainaga ehtimoliy kirishi nimaga olib kelishi xususida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.

“Gʻarb davlatlari bunday ish qilishdan oldin bir emas, bir necha bor oʻylab koʻrganlari maʼqul. Bu aqldan ozish. Bu qoʻshin kiritgan ham qanday davlatni Rossiyani tomonidan yoʻq qilinishiga olib kelishi mumkin yoki Yerdagi barchani yoʻq qiladigan yadro urushiga olib keladi”, deydi amerikalik siyosatchi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi mojaroga barham berilishi haqida gapirib, bu inqiroz muzokaralar stolida yakunlanishiga ishora qilgan edi.

Stoltenbergning fikricha, Rossiyaning ushbu mojaroda gʻalaba qozonishi “fojia” boʻladi va bu Shimoliy Atlantika alyansi uchun xavfli boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер