NATO harbiy byudjetini 12 foizga oshirib, 2 milliard dollarga yetkazadi
Shu bilan birga, fuqarolik byudjeti 18 foizdan koʻproqqa – 438 million yevroga oshadi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bayonotida maʼlum qilindi.
“NATOning umumiy mablagʻlaridan foydalanishni koʻpaytirish va kengaytirish ittifoqchilarga umumiy xavfsizlik muammolarini yanada samaraliroq hal qilish imkonini beradi”, — deyiladi bayonotda.
Qoʻshimcha qilinishicha, NATOning harbiy byudjeti butun dunyo boʻylab missiya va operatsiyalarga sarflanadi. Fuqarolik byudjeti NATO shtab-kvartirasi va uning xalqaro xodimlari, operatsion va dastur xarajatlari uchun ishlatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring