Naslchilik xoʻjaliklari uchun soliq imtiyozlari uzaytirildi

17:01 15 Yanvar 2024 Jamiyat
1088 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naslchilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablagʻlarni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер