NASA teleskop orqali koinotdan olingan ilk rasmni eʼlon qildi
NASA James Webb teleskopi koinotdan olgan ilk rasmni eʼlon qildi.
Tasvirda Yerdan 13 milliard yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan SMACS 0723 galaktikalari toʻplamini koʻrish mumkin, ular Katta portlashdan atigi bir necha yuz million yil oʻtgach qanday holatda boʻlgan boʻlsa, shunday koʻrinmoqda.
Bugun astronomiyada yangi era boshlandi. 10 milliard dollarlik teleskopdan insoniyat juda katta kashfiyotlar kutmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring