“Napoli” A seriya markaziy oʻyinida gʻalaba qozondi

12:47 07 Aprel 2026 Sport
194 0

Kecha, 6-aprel kuni Italiya A seriyasining 31-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Napoli” jamoasi oʻz maydonida “Milan” klubini qabul qildi.

“Napoli” jamoasi ushbu tur oldidan 62 ochko jamgʻargan holda 3-oʻrinni, “Milan” jamoasi esa 63 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turgan edi. Shuning uchun mazkur oʻyinda qozoniladigan gʻalaba “Napoli” jamoasini 2-oʻringa olib chiqishi mumkin edi. Amalda ham shunday boʻldi.

“Diyego Armando Maradona” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyin mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinda kiritilgan yagona golga 79-daqiqada Matteo Politano mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер