Toshkentda xorij namunasi asosida zamonaviy texnopark quriladi

09:31 24 Iyul 2018 Jamiyat
1572 0
Fotо: fb.com/abdusattorov

Napa Team kompaniyasi Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevga yuqori texnologiyali Technopark Napa parkini yaratish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, mazkur loyiha poytaxt rahbariga ma’qul kelgan. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng poytaxtda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi maydon va IT-mutaxassislarni amaliy tayyorlash manzili paydo bo‘ladi.

Texnopark ko‘plab startaplarga hayot bag‘ishlashi kutilmoqda, investorlar hisob-kitobiga ko‘ra, ularning soni yiliga kamida 250 ta bo‘ladi. Mazkur loyihaga IT-startaplar eng ko‘p jamlangan Isroil texnoparklari namuna sifatida tanlandi. Loyihani to‘liq joriy etish uchun 12 ming kvadrat metr maydon talab qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер