Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi

15:52 07 Iyun 2023 Jamiyat
600 0

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Namangan yoʻnalishi boʻyicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻndi. Bortida 171 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

Qoʻnishga sabab tugʻruq boshlangan homilador yoʻlovchi boʻlgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qoʻndirishga qaror qildi.

Aeroportga qoʻngach, yoʻlovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam koʻrsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер