Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Transport vazirligi
Namangan shahriga Xitoyning “Zhongtong Bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida “Turon-95 MBI” MChJ tomonidan olib kelingan.
“Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili “Ekspress dolina” MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan edi. Hozirgi vaqtda ular belgilangan uchta asosiy yoʻnalishlarda qatnab, yoʻlovchilar ishonchini qozonishga ulgurgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring