Namangandagi "zapravka"larning soatli ish tartibi bekor qilindi

20:27 18 Yanvar 2021 Jamiyat
1011 0

Namangan viloyatidagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida soatli ish tartibi bekor qilindi.

«Hududgaz Namangan» gaz taʼminoti filiali direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻtkirbek Mamadaliyevning taʼkidlashicha, bu havo haroratining koʻtarilishi va magistral gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi meʼyorga keltirilganligi bilan bogʻliq.

Namangan viloyatida ob-havoning keskin sovib ketishi sababli tabiiy gaz isteʼmolining ortishi hamda magistral gaz tarmoqda gaz bosimining pasayishi tufayli 2020-yil 7-noyabrdan vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda viloyatda 100 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер