Namanganda yoshlar media markazi ochildi
15-yanvar kuni Namangandagi Yoshlar markazida viloyat yoshlar media markazining ochilishi boʻlib oʻtdi. Uni “Yosh jurnalist” nodavlat taʼlim muassasasi tashkil etdi. Markaz eng zamonaviy media asboblari bilan jihozlangan.
Media markaz xronometraj, shuningdek, axborot dasturi uchun, besh tashabbus doirasidagi musiqiy-madaniy koʻrsatuvlar uchun, asosiy xabarlar va erkin mavzularda suhbat uchun, «Yosh zakovatchilar» davra suhbati uchun, brifing hamda matbuot anjumanlari oʻtkazish sahnalari mavjud.
Mazkur media markazi ochilishida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov sektor rahbarlari bilan ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring