Namanganda velosiped haydayotgan maktab oʻquvchisi avtohalokatga uchradi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, 21-oktyabr kuni soat 15:00 da Uchqoʻrgʻon tumani Qumtoʻgʻon MFY Yangiobod koʻchasida 1996-yilda tugʻilgan, shu tumanda yashovchi fuqaro Nexia-3 avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini taʼminlay olmay velosipedda yoʻlni kesib oʻtayotgan 7-sinf oʻquvchisini urib yuborgan.
Natijada, oʻquvchi bola olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring