Namanganda “Tashabbusli byudjet”da gʻolib boʻlgan 94 mahallaning ichki yoʻllari asfaltlanmoqda

14:18 29 May 2024 Jamiyat
257 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Taʼmirlanadigan obyektlar roʻyxati “Tashabbusli byudjet” axborot portalining joriy yil birinchi mavsumida eng koʻp ovoz olgan aholi istiqomatgohlari boʻyicha shakllantirilgan. Ular qatorida Namangan shahridagi “Yangi qurilish” mahallasi ham bor. Bu yerda 2,4 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻlni ravonlashtirish uchun 1 milliard 226 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan edi. “Rubin-BIA” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilari uzoq yillardan buyon taʼmir kutib turgan yoʻllarni sanoqli kunlar ichida asfaltdan chiqarishdi. “Objuvoz” mahallasi ahli ham axborot portali orqali himoya qilingan loyiha ijrosi bilan 2,7 kilometr masofadagi koʻchalariga asfalt yotqizilganidan nihoyatda xursand.

— Viloyatimizda “Tashabbusli byudjet” orqali yoʻllarini taʼmirlash imkoniyatini qoʻlga kiritgan 94 mahallaga asfaltlash uchun hammasi boʻlib 120,1 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Qisqa vaqt ichida obyektlar loyihasi ishlab chiqilib, pudratchilarni aniqlash boʻyicha tender savdolari oʻtkazildi. Ayni paytda koʻpchilik manzillarni asfaltlashga jadal kirishilgan. Viloyat markazidagi dastlabki beshta mahallada bu ish nihoyasiga yetkazildi, — deydi Namangan mintaqaviy yoʻllarga xizmat koʻrsatish davlat muassasasi rahbari Jasur Alimatov.

Aytish kerakki, ishda belgilangan meʼyoriy andozalarga qatʼiy rioya qilish yuqori sifatni taʼminlash, pirovardida, yoʻllar ravonligi va uzoq muddat xizmat qilishiga poydevor boʻladi. Mahallalar yoʻlini asfaltlashda ham masalaning ayni jihatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер