Namanganda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ota-bola halok boʻldi
Namangan viloyatida yongʻin oqibatida ota va bola halok boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-dekabr kuni soat 02:34 da Uchqoʻrgʻon tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Doʻstlik koʻchasidagi 106-uyda joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Soat 02:40da oʻt oʻchirish brigadasi voqea joyiga yetib kelgan, soat 03:00da yongʻin oʻchirilgan.
Yongʻinni oʻchirish vaqtida qutqaruvchilar xonadon egasi va uning bolasining jasadini topdi. Maʼlumotlarga koʻra, ular boʻgʻilib qolgan.
Shuningdek, koʻp qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va toʻrt nafar voyaga yetmagan bola evakuatsiya qilindi.
Yongʻin sodir boʻlganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring