Namanganda SEOMlarga yangi xizmat mashinalari topshirildi
Dunyoni tashvishga solgan koronavirus pandemiyasi qarshi kurashda sanitariya-epidemiologiya sohasi hal qiluvchi oʻrinni egallab turibdi. Mamlakatimizda ayni sohaga koʻrsatilayotgan eʼtibor, mustahkam tizimning shakllanganligi bugungi ogʻir, tahlikali vaziyatlarda oʻz samarasini bermoqda. Oʻz navbatida xavfli kasallik infeksiyasiga chalinganlarni aniqlash, shifoxonaga joylashtirish, davolash jarayonlarida ishtirok etayotgan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mutaxassislari va shifokorlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida qator qaror va farmonlar chiqarilmoqda.
Kecha Namangan viloyatida tizimdagi markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida viloyat SEOM va uning tuman markazlariga 8 ta “Neksiya-3” va “Damas” xizmat mashinalari berildi. Ularni viloyat hokimining oʻrinbosari, viloyat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish shtabi rahbari Paxriddin Matkarimov tantanali ravishda topshirdi.

— Sohamizga koʻrsatilayotgan bu kabi davomli eʼtibor, gʻamxoʻrlik va qoʻllab-quvvatlashlar bizni yana-da ahil — hamjihat boʻlib, astoydil mehnat qilishga, Prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan katta ishonchni sidqidildan oqlashga undaydi,- deydi viloyat sanitariya –epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh shifokori Rustamjon Hamroqulov.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring