Namanganda pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Namangan viloyatida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan avtomashina qoʻlga olinib, pirotexnika vositalari olib qoʻyildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 11-dekabr kuni soat 16:50 atrofida Namangan viloyatining Pop tumanida “Namangan” postida xizmat qilayotgan YPX xodimi “Lasetti” rusumli avtomashinani atroflicha koʻzdan kechirish chogʻida salon va yukxonada pirotexnika vositalari olib ketilayotganini aniqladi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan mablagʻlar viloyat IIBga oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring