Namanganda oʻrnatilgan kuzatuv kameralari yordamida navbatdagi huquqbuzarga chora koʻrildi

15:33 29 Noyabr 2023 Jamiyat
181 0

Namangan viloyati, Namangan shahrida chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarlik aniqlandi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan “Ilgʻor” MFY hududida oʻrnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻrganish natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar fuqaro O. X. ekanligi maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1- moddasi 1-qismiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. X. bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 330 000 soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер