Namanganda oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalari tashkil etiladi

14:23 26 Mart 2024 Siyosat
751 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida yetakchi boʻlgan Namangan universitetida oʻzgarish qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Universitetdagi 71 ta taʼlim yoʻnalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlanadi. Taʼlim sifatini oshirish uchun oʻquv dasturlari yangilanadi.

Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib oʻqishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

Ayni paytda yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер