Namanganda noqonuniy diniy taʼlim bergan oilaga chora koʻrildi

02:22 06 Noyabr 2021 Jamiyat
1680 0

Namangan viloyatida oʻz uyida 10 dan ortiq voyaga yetmagan bolaga ruxsatnomasiz diniy taʼlim bergan oilaga chora koʻrildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmatiga tayanib, “Bugun.uz” xabar berdi.

Xabarga koʻraa, 2020-yilning noyabr oyidan 2021-yilning sentabriga qadar Namangan shahrida yashovchi fuqaro I.A. va uning oʻgʻli I.A. oʻz xonadonida 10 dan ortiq voyaga yetmagan bolaga ruxsatnomasiz noqonuniy diniy taʼlim berib kelgani aniqlangan.

Shundan soʻng surishtiruv organi tomonidan ota-bola harakati yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqish uchun sudga taqdim qilingan.

Sayyor sud majlisida huquqbuzar ota-bola qilgan ishining notoʻgʻri ekani, maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimdan saboq berib huquqbuzarlik sodir etganini, qilgan ishidan pushaymonligini aytib, suddan yengillik berishni soʻragan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalov ishni atroflicha koʻrib chiqib, ota-bolaga tegishli tartibda jarima jazosi tayinlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер