Namanganda maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi tadbirkordan salkam 15 million soʻm talab qildi
1-noyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Maktabgacha taʼlim vazirligining “Muvofiqlik nazorati” boshqarmasi boshligʻi Farrux Aminov Namangan maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimi salkam 15 million soʻm pora olayotgan vaqtida qoʻlga olinganini maʼlum qildi. Bu haqda NOVA24 xabar berdi.
Uning taʼkidlashicha, boshqarma hisobchisi “Korobo” MCHJ rahbaridan 14,8 million soʻm va 2 ming dollar olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan. Xususan, Namangan viloyati Bosh prokuraturasi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda mazkur holat aniqlandi.
Xodimga nisbatan 214-modda (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimi tomonidan moddiy boyliklarni yoki mulkiy neʼmatlarni qonunga xilof ravishda olish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Farrux Aminovning aytishicha, ular yaqinda sudga murojaat qilgan va aybdor uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring