Namanganda yigit sevgilisining mashinasini yoqib yubordi

01:27 16 Noyabr 2021 Jamiyat
1524 0

Namangan shahrining Davlatobod tumanida 13-noyabr kuni erkak oʻz sevgilisining “Malibu-2” avtomashinasini yoqib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Namanganda avtoturargohda turgan Malibu yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Mashinaning ichki qismi butunlay shikastlangan, dvigatel qisman yonib ketgan.

Maʼlumotlarga koʻra, “102” xizmatiga soat taxminan 04:00larda 1989-yilda tugʻilgan ayol uy oldida toʻxtab turgan “Malibu-2” rusumli avtomobili yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, sevgilisi unga oʻt qoʻygan. Erkak ayol bilan kelishmovchilik tufayli mast holda 10 litrli plastik idishda benzin olib kelib, yon oynasini tosh bilan sindirib, kuzovga, jumladan, avtomobil saloniga yoqilgʻi quygan. Keyin gugurt bilan uni yoqib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер