Namanganda isteʼmolchilarga koʻrsatilmagan xizmat uchun 18 mlrd soʻm haq hisoblandi

10:25 11 Fevral 2025 Jamiyat
254 0

Illyustrativ foto

Namangan viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini koʻrsatish sohasida isteʼmolchilarga 18 mlrd soʻmdan ortiq koʻrsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishcha, qoʻmita tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmati boʻyicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda oʻrganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.

Qoʻmitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat olib boruvchi “Namangan musaffo iqlim” MChJ va “Toza hudud” DUKlarning 2024-yilning birinchi yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini koʻrsatish sohasida qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan.

Olib borilgan oʻrganishlarda, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan viloyatning 10 ta hududida joylashgan MFYdagi 1,1 mlndan ortiq isteʼmolchilarga 18 mlrd soʻmdan ortiq koʻrsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani holatlari aniqlangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga (“Namangan musaffo iqlim” MChJ va “Toza hudud” DUK) nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ishlar qoʻzgʻatilib, ortiqcha hisoblangan 18 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер