Namanganda hayit hadyalari tarqatildi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Qurbon hayiti inson shaʼni va qadrining yuksakligini koʻrsatuvchi bayrami. Dildagi gina-kuduratlar unutilib, doʻstlik va hamjihatlik yanada mustahkamlanadi. Muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish esa xalqimizga xos azaliy fazilat. Bugun Yangi Namangan tumanida aholining ehtiyojmand qatlamiga bayram tuhfalari tarqatildi.

— Yoʻqlovlar doirasida 500 dan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, bemorlar, qariyalar, nogironlarga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hayitlik sifatida yetkazildi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Yulduz Yoʻldosheva.
Tumanda uch kun davom etadigan hayit ayyomini munosib oʻtkazish uchun saxovatli ishlar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring