Namanganda gʻalladan 186 ming tonnadan ziyod xirmon uyuldi

09:48 01 Iyul 2021 Iqtisodiyot
829 0

Viloyat agrar sohasining asosiy tarmoqlaridan hisoblangan gʻallachilikda joriy mavsum muvaffaqiyatli keldi. Zamonaviy boshqaruv tizimi-klasterlarga uyushgan fermer xoʻjaliklari 67 ming 750 gektar maydondagi ekinni agrotexnika qoidalari asosida parvarishlab, yuqori hosil yetishtirdilar. Pishib yetilgan sara don tezkorlik bilan yigʻishtirib olinib, davlatga don topshirish shartnomaviy rejasi mamlakatda oldingilar qatorida uddalandi. Shu kungacha omborlarga 186 ming 73 tonna bugʻdoy joylandi. Ilgʻor fermer xoʻjaliklarida hosildorlik 65-80 sentnerni tashkil etdi.

Maʼlumot uchun, bugunga qadar gʻalla yetishtirgan 11 tumanning 9 tasida shartnomaviy reja bajarildi. Qolgan ikki tumanda oʻrim-yigʻim ishlari davom ettirilmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер