Namanganda erkak oʻz doʻstini suv talashish tufayli urib oʻldirdi
Namangan viloyatida erkak oʻz doʻstini suv talashish tufayli urib oʻldirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, janjal Davlatobod tumanida mahalliy aholi oʻrtasida sodir boʻlgan. Jabrlanuvchining tanasi, xususan, boshidan turli jarohatlar olgan. Erkakning qarindoshlari uni kasalxonaga olib borishgan, biroq shifokorlar yordamiga qaramay, u toʻrt kundan keyin olgan jarohatlaridan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (Qasddan badanga ogʻir shikast уetkazish, jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring