Namanganda daraxtlarni noqonuniy kesgan huquqbuzar 8 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi

15:13 14 May 2024 Jamiyat
462 0

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida tumanning “Gʻalaba” mahallasida huquqbuzar tomonidan ariq boʻyida oʻsib turgan bir tup daraxt tegishli ruxsatnomasiz kesib yuborilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 million 500 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер