Namanganda ayol 4 yoshli farzandini oʻziga bogʻlab tunda daryoga tashladi
Joriy yilning 22-aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidan oqib oʻtuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan koʻprik qirgʻogʻiga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan oʻtib ketayotgan yoʻlovchi fuqaro A.A. tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro X.M. boʻlib 2017-yilda tugʻilgan farzandini oʻziga bogʻlagan holda suvga tashlagani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqoʻrgʻon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring