Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarni Toshkent shahrida oʻtkazish uchun olib ketayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida fuqaro J.A. oʻzini boshqaruvidagi avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz jami 5 920 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring