Namangan viloyatida juda koʻp miqdordagi etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

16:19 29 Noyabr 2023 Jamiyat
209 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “E.l.”, “G.Ye.” va “E.M.” MCHJ rahbarlari antiseptik mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida birja savdolari orqali jami 102,7 mlrd soʻmlik 4 025 tonna etil spirtini xarid qilib, amalda antiseptik mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, “A.F.” MCHJ rahbari A.A. birja savdolari orqali xariid qilingan 34,8 mlrd soʻmlik 1 263 tonna etil spirtidan antiseptik mahsuloti ishlab chiqarmasdan, etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi, shuningdek ushbu mablagʻlar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining  tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер