Namangan teatri Ozarbayjonda
Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Ozarbayjon Respublikasida boʻldi.


Xususan, 2 – 3-oktabr kunlari Boku shahridagi Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatrida Oʻzbekiston xalq shoiri Ohunjon Hakim asari asosida rejissyor Maʼrufjon Niyozov tomonidan sahnalashtirilgan “Bu chollar – ajib chollar” spektakli namoyish etildi. U tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Aytish joizki, ushbu gastrol safari teatr jamoasi uchun ijodkorlar mahoratini namoyish etish, oʻzaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring