Namangan shahrida noqonuniy sotilayotgan 26 mln. soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi
Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Namangan shahrida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlarini sotayotgan fuqaro aniqlandi. Fuqarodan 15 turdagi 1242 quti umumiy qiymati 19,5 mln. soʻmlik tamaki mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Shuningdek, ayni shu hududdagi yana bir fuqaro noqonuniy ravishda alkogol mahsulotlari sotish bilan shugʻullanayotganligi maʼlum boʻldi. Sotuvda boʻlgan 40 turdagi 6,9 mln. soʻmlik alkogol mahsulotlari vaqtincha olib qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring