Myanmada sodir boʻlgan koʻchki oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 172 kishiga yetdi

23:57 03 Iyul 2020 Dunyo
1188 0

Foto: tpg.ua

Myanma shimolidagi Kachin shtati Pxakan shahri hududidagi qimmatbaho toshlar qazib olinadigan konda sodir boʻlgan koʻchki oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 172 nafarga yetdi.

Bu haqda favqulodda vaziyatlar xizmati sifatida ham faoliyat olib boruvchi Myanma yongʻin departamenti xabar berdi.

“Hozirgacha hammasi boʻlib 172 kishining jasadi topildi. Jarohat olgan 54 kishi esa kasalxonalarda davolanmoqda”, - deydi hodisa joyida ikki kundan buyon ish olib borayotgan qidiruv-qutqaruv guruhi vakili.

Bir kun oldin yer koʻchkisi natijasida 162 kishi halok boʻlganligi haqida maʼlum qilingan edi.

Pxakan hududidagi nefrit konlarida halokatli oqibatlarga olib keluvchi koʻchkilar tez-tez yuz berib turadi. Vaholanki, mamlakatning jadeit va nefrit qazib olish boʻyicha asosiy konlari aynan shu hududda joylashgan. Mazkur qimmatbaho toshlar qoʻshni davlatlarga, xususan, Xitoyga eksport qilinadi.

Ogʻir texnikalar ishlaydigan konlarning maʼmuriyatlari toshlarni qidirish ishlariga mustaqil izlovchilarni ham jalb qiladi. Mustaqil izlovchilar toshlar izlanayotgan konlarning ichida qolib ishlashadi. Koʻchkilar yuz bergan vaqtda koʻpincha aynan mustaqil izlovchilar halok boʻlishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер