“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisida Prezidentning PQ-261-son qarori tasdiqlandi
Foto: Madaniy meros agentligi
“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisida 2022-yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-261-son qarori tasdiqlandi.
Ushbu qaror yuzasidan muzeylarda tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar koʻrgazmalar, seminar va konferensiyalar, yubiley seminarlar oʻtkazish boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2023-yil uchun kalendar reja tuzildi.
Tasdiqlangan kalendar rejada Toshkent shahrida va hududlardagi muzey hamda madaniy meros obyektlarida turli shakldagi koʻrgazma va tadbirlar, xalqaro darajadagi festivallar, teatrlashtirilgan tarixiy sahna koʻrinishlar, konsert tomoshalar hamda usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari oʻtkazilishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring