Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.
Bu monument ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga qoʻyilgan obida. U Prezidentimiz gʻoyasi asosida davlatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligiga bagʻishlab bunyod etilgan. Mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqealar, xorijiy tashriflar chogʻida bu yerga gul qoʻyish anʼanaga aylangan.
Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring