Mustaqillik bayramiga munosib sovgʻa boʻldi

10:10 25 Avgust 2020 Iqtisodiyot
1249 0

“Karnaychi” mahallasi Xoʻjaobod tumanining chekka hududlaridan biri boʻlib, bu yerda aholining eng katta muammosi ishsizlik masalasidir. Mahalliy hokimlik tashabbusi bilan aholini foydali ijtimoiy mehnatga jalb qilish, buning uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi saʼy-harakati tufayli bu yerda “Asl faxr group” MCHJga qarashli tikuvchilik sexi barpo etildi.

— Qishlogʻimizda ishlab chiqarish korxonalari mavjud boʻlmagani bois ish bilan taʼminlanish biz uchun biroz muammo tugʻdirayotgandi, — deydi tikuvchi Diloromxon Obloqulova. — Shundoqqina uyimizga yaqin joyda yangi ish oʻrinlarining yaratilishi qishloqdoshlarimiz uchun respublikamiz Mustaqilligining 29 yillik bayrami oldidan munosib sovgʻa boʻldi.

Yangi korxonada 50 nafar xotin-qizlar doimiy ish joyiga ega boʻldilar. Dastlabki mahsulotni xorijga eksport qilish koʻzda tutilgan.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер