Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olinadi?
Oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentyabr, dushanba kuni dam oladi. Seshanba kuni barcha uchun ish kuni boʻladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimiga “1-sentyabr — Mustaqillik kuni” bayram munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari koʻchirilmagan.
Shunga koʻra:
• 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;
• 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring