Mustaqillik bayrami kunlari fuqarolar uchun poyezd chiptalariga chegirmalar boʻladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati prezidentning tegishli farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar borligini maʼlum qildi.
Unga koʻra, 1-4-sentyabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:
- Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50 foiz;
- Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;
- Kollektivga (4 kishidan ortiq boʻlgan hamkasblarga, yoʻriqnoma asosida) – 15 foiz;
- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga — 10 foiz chegirmalar taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring