Mustaqilligimizning 34-yilligiga 34 ta obyekt

15:02 27 Avgust 2025 Jamiyat
199 0

Istiqlol bayrami arafasida Past Dargʻom tumanida 34 ta ijtimoiy-iqtisodiy obyekt foydalanishga topshirilmoqda. Ular qatorida Nayman mahallasidagi 56-maktabda 2,7 milliard soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan qoʻshimcha yangi bino ham bor.

Taʼlim sohasi masʼullari, nuroniylar va faollar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Sherzod Rahmonov soʻzga chiqib, barchani istiqlol ayyomi va maktabning yangi binosi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Past Dargʻom tumanidagi Kamolot mahallasida esa “Samirjon goʻsht mahsulotlari” MCHJning qiymati 3,2 million dollarlik “Parrandachilik kushxonasi va muzlatgichli omborxona tashkil etish” loyihasi ishga tushirildi. Ayni paytda 60 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, yiliga qiymati 13,8 milliard soʻmlik 9,2 million dona parranda soʻyilib, ichki bozorlarga yetkazib berilishi hamda aholiga sifatli xizmat koʻrsatilishi belgilangan.

Tuman hokimligi tashabbusi, homiylar koʻmagi bilan barpo etilgan Mirzo Ulugʻbek nomli mahalla binosining ham tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер