Murojaatlar qonun doirasida hal etiladi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni, «Hududgaztaʼminot» AJ ning 2019-yil 9-sentyabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Hududgaztaʼminot» aksiyadorlik jamiyatida, uning tasarrufidagi filiallarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizomda belgilanganidek, jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, murojaatlarni zudlik bilan roʻyxatga olish, ularda koʻtarilgan masalalarni qonuniy, asosli va adolatli hal etilishini taʼminlash eng muhim vazifa hisoblanadi.
«Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filialiga joriy yilning birinchi choragida:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 751 ta;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali 70 ta;
— Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni” orqali 17 ta;
— «Hududgaztaʼminot» Aksiyadorlik Jamiyatining “Ishonch telefoni” orqali 251 ta;
— Bosh vazir virtual qabulxonasi orqali 3 ta;
— «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filialiga bevosita yozma va ogʻzaki murojaatlar 108 ta;
— Tuman gaz taʼminoti boʻlimlariga bevosita kelib tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlar soni 705 ta;
«Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filialining oʻziga 108 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, murojaatlarning 71 tasi tabiiy gaz taʼminotidagi ayrim muammolar, 37 tasi foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlardagi muammolar haqida hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan ular oʻz vaqtida oʻrganilib, ijobiy jihatdan hal qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 751 ta murojaatlarning 488 tasi qanoatlantirilgan, 220 tasi boʻyicha mualliflarga tushuntirishlar berilgan, 2 ta takroriy murojaat hamda 41 ta murojaat bugungi kunda mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filialida faoliyat koʻrsatayotgan “fuqarolar qabulxonasi”da, rahbarlarning shaxsiy qabullarida hamda masʼul xodimlar qabuliga fuqarolar tomonidan tushayotgan ogʻzaki murojaatlar toʻliq, xolis hamda oʻz vaqtida koʻrib chiqilmoqda. Mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan isteʼmolchilarga tabiiy gaz uchun toʻlovlarni qay tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi tushuntirilib, foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlashga yoʻllanma pattalari taqdim etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring