Murojaat, muloqot va yechim

13:48 25 Fevral 2022 Jamiyat
803 0

Foto: Халқ сўзи

Surxondaryo viloyati Angor tumani “Sharq guli” mahallasida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov hamda tuman hokimi Shohjaxon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda fuqarolarning gaz va ichimlik suvi taʼminoti, yoʻllarni taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, imtiyozli kredit, moddiy yordam olish hamda ishga joylashish kabi masalalar bilan bogʻliq 80 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

— Tikuvchilik yoʻnalishida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida imtiyozli kredit olish boʻyicha bugun amaliy yordam soʻrab murojaat qildim, — deydi fuqaro Turdixol Aliyeva. — Menga 30 million soʻm miqdorida kredit ajratiladigan boʻldi. Nasib etsa, oʻz biznes-rejamni amalga oshirib, yana ikki mahalladosh ayolni ish bilan taʼminlashni koʻzlab turibman.

Sayyor qabulda murojaatlarning aksar qismi joyida hal etildi. Murojaat yechimi uchun vaqt, mablagʻ talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olindi.

Taʼkidlash joizki, 4-sektor rahbari tomonidan joylarda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi sayyor qabul va uchrashuvlar aholi muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va ularni kechiktirmay bartaraf etish imkonini bermoqda. Jumladan, oʻtgan yili sayyor qabullar va aholi bilan bevosita muloqotlar davomida birgina Angor tumanining 4-sektorga biriktirilgan mahallalardagi 1 ming 124 ta oilaga tegishli moddiy yordamlar koʻrsatilib, 404 ta oilaning doimiy daromad manbai shakllantirildi. Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida koʻchalarga tosh-shagʻal yotqizilib, yoʻllar asfalt qilindi. 36 ta yangi elektr ustunlari va 2 ta yangi transformator oʻrnatilib, 4 tasi joriy taʼmirdan chiqarildi. 12 kilometr masofaga gaz quvuri tortildi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер