Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Foto: “Xalq so‘zi”
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimligining anjumanlar zalida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Viloyat kengashi deputatlari, Senat aʼzolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar.
Faollar yig‘ilishida asosan tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ilgari Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Berdialiyevich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Murotjon Azimov 1976 yil Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2018 yilning fevral oyidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring