Murabbiylarga ehtirom yoshlarga eʼtibor masʼuliyatini oshiradi
Foto: Xalq so‘zi
Yetuk sportchilarni tayyorlash tajribali murabbiylarga bogʻliq. Shu bois ustozlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga yetarli sharoit yaratish, yosh avlodni barkamol tarbiyalashda munosib xizmat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Hukumatimiz, qolaversa, viloyat hokimligi tomonidan murabbiy va oʻquvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarning cheki yoʻq. Misol uchun birgina Andijon olimpiya zaxiralari kollejida hozirda 600 nafar yigit-qizlar sportning 25 turi boʻyicha maxsus taʼlim olmoqda. U 2018-yilda 300 oʻrinli oshxona qurib bitkazilgan boʻlsa, 2019-yilda 400 oʻrinli yotoqxona foydalanishga topshirilib, 4 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga mavjud basseynda taʼmirlash ishlari bajarildi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari 2020-yilda ham davom etdi va shu yili 5 mlrd. soʻmlik loyiha asosida sport maydoni jahon talablariga moslashtirildi. Ayni paytda ham kollejda mukammal taʼmirlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun 12 mlrd. soʻmlik loyiha ishlari amalga oshirilmoqda. Koʻrinib turibdiki, har yili taʼmirlash va bunyodkorlik ishlari davom etyapti. Shundan ham bilish mumkinki, yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor har doimgidan ortgan. Bunga javoban jamoamizning 90 nafar murabbiylari yosh avlodni, nafaqat, sportga, balki, vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirgan holda tarbiyalamoqdalar. Joriy yilning shu davriga qadar 18 nafar oʻquvchi yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda faxrli oʻrinlarni egallaganligi, yuzlab yigit-qizlarimiz respublika miqyosidagi bellashuvlarda faol ishtirok etganligi bunga misoldir.
Respublikamizda ustoz va murabbiylarga boʻlgan eʼtibor va ehtirom bizni hamisha zimmamizdagi vazifani sidqidillik bilan ado etishga, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga undayveradi.
Faridaxon XAYRIDDINOVA,
Andijon olimpiya zaxiralari kolleji sport murabbiyi, “Doʻstlik” ordeni sohibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring