Mudhish YTH! 3 kishi qurbon boʻldi

13:29 07 May 2020 Jamiyat
1030 0

фото: tergov.uz

Sirdaryoda yoʻl-transport hodisasi 3 kishining umriga zomin boʻldi. Bu haqda Oʻzbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2020-yilning 05-may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Sayxunobod tumani “Doʻstlik” MFY hududida yoʻlovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl boʻyidagi P-12 kanaliga agʻdarilib ketib yoʻl transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada avtomashina xaydovchisi R.M, avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер