Muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilishi mumkin

20:58 09 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1166 0

arxiv foto

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy koʻmakchi boʻlishini taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.

Yigʻilishda karantin davrida ham agrar sohadagi ishlar toʻxtamaganini hisobga olib, qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga biriktirilgan tijorat banklari hozirning oʻzida yangi loyihalarni koʻpaytirishlari lozimligi qayd etildi.

Maʼlumki, oʻtgan haftada 24 ta bank tashabbus koʻrsatib, jismoniy shaxslar uchun kredit taʼtili eʼlon qildi. Bugungi yigʻilish chogʻida banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uygʻotadigan yana koʻplab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.

Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa, karantin vaqtida uyida oʻtirgan aholiga qulaylik yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер