Muammolar joyida o‘rganildi 

06:13 04 Avgust 2023 Jamiyat
435 0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.A.Tadjiyev, Nukus tumanining eng chekka va og‘ir hududi bo‘lgan “Kerder” ovulida bo‘lib, uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini joyida o‘rgandi. 
 
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 26.07.2023 yilgi Nukus tumani "Kerder" ovulida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish “YO‘L XARITASI” ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 
 
Tashrifda ko‘tarilgan masalalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tashabbusi bilan ovulning “Ustaz joli” ko‘chasi aholisini anchadan beri qiynab kelayotgan muammosi hal etilib, 1 km masofadan ariq qazib kelish bilan tomorqalarga suv yetkazib berilishi ta’minlanadigan bo‘ldi. 
 
Bu esa, xonadonlarda tomorqa madaniyatini shakllantirish, aholining tomorqadan unumli foydalanishi bilan o‘zini-o‘zi band qilib, qo‘shimcha daromad manbaaiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер