Muammolar endi bot orqali hal etiladi

11:32 01 Aprel 2026 Jamiyat
218 0

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” Ushbu tamoyilning amaliy ifodasi sifatida Jizzax viloyati hokimligi tomonidan yangi va zamonaviy tizim — @murojatlaruz_bot telegram boti ishga tushirildi.

Ilgari biror masala bilan hokimlikka borish, navbat kutish yoki rasmiy xat yozib, uning haftalab kutish kerak boʻlgan boʻlsa, endilikda bu jarayon bir necha soni vaqtni oladi. Eng muhimi esa, yuborilgan har bir murojaat bevosita Jizzax viloyat hokimining shaxsiy nazoratiga olinadi. Quyi boʻgʻin xodimi murojaatni eʼtiborsiz qoldira olmaydi. Tizim avtomatik ravishda muddatlarni nazorat qiladi, mahalla, tuman va viloyatdan respublika darajasiga yuborilayotgan ariza va murojaatlar soni kamayadi, davlat xizmatchilarining ortiqcha vaqtini olmadi.

— Bugungi kunda yurtdoshlarimiz orasida keng tarqalgan telegram botlardan shunchaki muloqot vositasi sifatida emas, balki aholining muammolarini hal qilishda yordamchi sifatida ham foydalanishimiz mumkin, — deydi Jizzax viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi Ozod Babomuratov. — Tizim ishga tushganiga atigi ikki kun boʻlgan boʻlsa-da botga yuborilgan murojaatlar soni oʻndan oshib ketdi va taalluqliligi boʻyicha masʼullar ularning ijrosini nazoratga olishni boshladi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер