Mozambikda 300 ga yaqin kishi suv toshqinlari qurboni boʻldi

22:15 24 Mart 2026 Dunyo
391 0

Mozambikda 2025-yil oktyabr oyida boshlangan yomgʻirlar mavsumidan beri suv toshqinlari oqibatida kamida 298 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda TASS.

Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va kamaytirish milliy instituti maʼlumotlariga koʻra, stixiyadan jabrlanganlarning umumiy soni 1 million kishidan oshgan.

10 mingdan ortiq turar joy binolari butunlay vayron boʻlgan, 21 mingdan ortigʻi qisman shikastlangan, kamida 206 mingtasi esa suv ostida qolgan.

Tabiiy ofat, shuningdek, 304 ta shifoxona, 104 ta ibodatxona va 724 ta maktabga zarar yetkazgan. 8 434 km avtomobil yoʻllari, 50 ta koʻprik va 237 ta suv oʻtkazgich quvurlari ishdan chiqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер