Mosvkada ayrim fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanadi

12:47 17 Iyun 2021 Dunyo
1344 0

Dunyoda birinchilardan vaksinani roʻxatdan oʻtkazgan Rossiyada aholini emlash jarayoni juda sust kechmoqda. 

15-iyun holatiga koʻra, vaksina roʻyxatga olinganiga qariyb bir yilga yaqin muddat oʻtgan boʻlsada, mamlakatda 18,5 mln.dan ortiq kishi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan. Bu aholining 12 foizini tashkil etadi, xolos. Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada va Xitoy allaqachon aholisining 40 foizidan ortigʻini kamida bir doza vaksina bilan emlashga muvaffaq boʻldi. 

Shu sababli Mosvkada servis sohasi vakillarini majburiy emlashga qaror qilindi. Unga koʻra, xizmat sohasidagi kompaniyalar kamida 60 foiz xodimlarini 15-iyulga qadar vaksinaning birinchi komponenti bilan emlashi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер