Moskvada oʻzbekistonlik muhojirlar yashaydigan uy yonib ketdi
Moskvada migrantlar uyi yonib ketdi, olti nafar oʻzbekistonlik jabrlandi. Bu haqda Mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 13-noyabr kuni Moskva vaqti bilan taxminan 10:30 da sodir boʻlgan. Yongʻin oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgan, ikki kishi jarohat olgan.
Hozir halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning shaxsi aniqlanmoqda. Shuningdek, marhumlarni Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring